Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 77,9 ming nafar Turkmaniston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 46,9 ming nafarga yoki 2,5 % barobarga oshgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkmaniston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 54 215 nafar
xizmat yuzasidan – 16 142 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 5 027 nafar
o‘qish – 1 848 nafar
tijorat – 556 nafar
davolanish – 106 nafar




