Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilning yanvar-mart oylarida nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 49,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 97,5 % ni tashkil etgan.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 1,2 trln so‘mlik yoki jami qurilish ishlarining 2,5 % miqdorida qurilish ishlari bajarilganligi qayd etildi.
Yillar kesimida bajarilgan nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlarning jami qurilish ishlaridagi ulushi (yanvar-mart oylari):
2022-yil – 97,5 %;
2023-yil – 98,7 %;
2024-yil – 97,3 %;
2025-yil – 97,5 %.




