18/12/2024

2024- yil 1- dekabr holatiga Toshkent viloyatda savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 14061 tani tashkil qildi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,6 foizi yoki 14,0 mingtasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.

Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: - avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo yo‘nalishi 60,5 foiz ulushni tashkil etdi; - avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo yo‘nalishida 31,1 foiz ulushni tashkil etdi; - avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 8,4 foiz ulushni tashkil etdi.