Joriy yilning 16-dekabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i X.Usmonov tomonidan hududda Investitsiya loyihasi ijrochilari ishtirokida 4-invest (asosiy) shakli hisobotini topshiruvchi respondentlarga hisobotni sifatli topshirish bo‘yicha o‘quv amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi orqali 4-invest (asosiy) shakli hisobotini sifatli topshirish va tayyorlashda yo‘l qo‘yilayotgan bir qator kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa shunga o‘xshash ma’lumotlarni satrlarga to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha slayd yordamida tushuntirib berildi hamda berilgan savollarga atroflicha javob berib oʻtildi.




