2024- yil 1- dekabr holatiga Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,6 foizi yoki 14,0 mingtasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi. Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: - avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo yo‘nalishi 60,5 foiz ulushni tashkil etdi; - avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo yo‘nalishida 31,1 foiz ulushni tashkil etdi; - avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 8,4 foiz ulushni tashkil etdi.



