07/02/2024

Toshkent viloyatida joriy yilning yanvar-dekabr oylari mobaynida import hajmi 3848,6 mln. AQSh dollarni va 2022-yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,7 %ni tashkil etdi.

 Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (30,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (16,9 %), nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (14,7 %), sanoat tovarlari (15,6 %) hamda kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (10,0%) hisobiga to‘g‘ri keldi.