07/02/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 44,5 trln. soʻm oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 21,5 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 48,3 % ini tashkil etgan.

Mashina, asbob–uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 19,6 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 44,1 %) hamda boshqa xarajatlar 3,4 trln. soʻmni (7,6 %) tashkil etgan.