22/01/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida 44 449,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ulardan korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 24,5 % yoki 10 890 mlrd. so‘m moliyalashtirildi.

Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2023- yildagi ulushiga nibatan 10,3 % ni yoki 4 577,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 39 871,9 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 89,7 % ni tashkil etdi.