22/01/2024

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 280,2 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,1 % ga oshgan.

Meva va rezavorlar yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Andijon viloyati (20,9 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shu bilan birga, Fargʻona (13,8 %), Samarqand (13,1 %) va Buxoro (10,2 %) viloyatlarida ham meva va rezavorlar yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.