04/01/2024

2023- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 3 160 taga yetib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 107,5 foizni tashkil etdi.

Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:

 - mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning10,4 foiz ulushini tashkil etdi;

- restoran va buyurtma bo‘yicha oziq–ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 89,5 foiz ulushini tashkil etdi.

Yashash bo‘yicha xizmatlar soni 330 tani va oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar  soni 2 830 tani tashkil etdi.