So'nggi yangiliklar

2023-yil yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 56,7 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022-yil bilan taqqoslaganda 8 % ga o‘sdi

Oʻzbekistonda 2024-yilning 1-aprel holatiga ko’ra jami 401 278 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz)

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 120,7 tonna tvorog va tvorog mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,9 % ga oshgan

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida 13,4 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 29,3 % ni tashkil etdi

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 15 773,3 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi

2024-yil 1-yanvar holatiga umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligi 4 839,7 km ni tashkil etdi

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 23 830,6 ming boshni tashkil etdi

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, rasmlar, filmlar, videolar yoki musiqalarni yuklab olish yoki yuborish uchun Internetdan foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 53,5 % ni tashkil etdi

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmonining 27-bandiga asosan keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʻsirini kamaytirish uchun 

2023-yil yakunlariga ko‘ra, savdo sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 63,5 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022-yil bilan taqqoslaganda 9,9 % ga o‘sdi

2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi 60 yoshdan yuqori yoshdagi aholi soni 3 467,8 ming kishini, jami aholi tarkibidagi ulushi esa 9,4 % ni tashkil etgan

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2024-yil 24-apreldagi 78-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Maroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshligʻi Abrorali Mamadjanovning “Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash mezonlari” nomli maqolasi chop etildi

2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasida 1 606 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 230,9 tonna anor sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 % ga oshgan

2024- yilning yanvar-mart oylarida jami 107,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 174,5 % ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 74,7 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi kichik korxonalar bolib,  32,6 % ni  tashkil qildi

“Xalq soʻzi” gazetasining 2024-yil 23-apreldagi 78-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida “Biz 37 000 000ga yetdik!” nomli maqola chop etildi

2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar (25,1 %) tashkil etdi