So'nggi yangiliklar

Bugungi kunda respublikada 62,8 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 11,0 mingtasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 17,5 % i) Toshkent shahriga, 6,7 mingtasi (10,6 %) Farg‘ona viloyatiga, 6,6 mingtasi (10,5 %) Toshkent viloyatiga, 5,5 mingtasi (8,8 %) Samarqand viloyatiga va 5,1 mingtasi (8,2 %) Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, tovar yoki xizmatlar haqida ma'lumot olish uchun internetdan foydalanayotgan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 12 % ni tashkil etdi

2023-yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 437,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6,8 % ga o‘sdi

2024-yil yanvar-fevral oylarida 155,9 ming nafar Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan

Yuqorida qayd etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida, 2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 6705,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,1 %ga yetdi

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 963,3 ming kishini tashkil etgan boʻlib, shundan 18 608,7 ming nafari (50,3 %) erkaklar, 18 354,6 ming nafari (49,7 %) esa ayollar hissasiga toʻgʻri keladi

Xizmatlar sohasi bu – korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatiladigan turli xil xizmat turlarini takror ko‘rsatishni oʻz ichiga olgan umumlashtiruvchi kategoriyadir

2024-yilning 1-mart holatiga, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 44 077 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 581,2 ming juft paypoqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 26,8 % ga oshgan

2024- yilning yanvar-mart oylarida, Toshkent viloyatida jami 3563,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 111,1%ni tashkil etdi

2024-yilning yanvar-fevral oylarida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan investitsiyalar boʻyicha eng yuqori ulush Andijon viloyatida kuzatilib, bu hududda oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 48,9 % ini tashkil etdi

2024-yilning yanvar-fevral oylarida fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi boʻyicha bajarilgan qurilish ishlarining eng koʻp ulushi Samarqand (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 64,9 % i), Sirdaryo (53,1 %) va Xorazm (29,7 %) viloyatlariga toʻgʻri keldi

2024-yilning yanvar-fevral oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 3 042,7 mlrd soʻmni tashkil etdi

2023/2024-oʻquv yili boshiga, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan texnikumlarga qabul qilingan qiz bolalarning umumiy soni 31 460 nafarni tashkil etgan

2023-yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 262,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6 % ga o‘sdi

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari hajmi 111 914 mlrd. so‘mni tashkil etdi

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining mobil tarmoq orqali internetdan foydalanuvchilar ulushi 50,1 % ni tashkil etdi

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga oʻrtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi