19/05/2022

 2022- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 4 210,0 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,3 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 3 954,2 mlrd. so‘mni (103,1 %), o‘rmon xo‘jaligi – 197,4 mlrd. so‘mni (102,3 %), baliqchilik xo‘jaligi – 58,5 mlrd. so‘mni (126,6 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Toshkent viloyatining ulushi 12,6 %ni tashkil etdi.