08/05/2024

2024- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5602,7 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Chirchiq shahri (929,8 mlrd. so‘m), Zangiota tumani (704,2 mlrd.soʻm), Toshkent tumani (510,2 mlrd. soʻm), Yuqori Chirchiq tumani (469,6 mlrd. soʻm) va Qibray (334,9 mlrd. soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bo‘ka tumanida (35,1 mlrd. soʻm) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng past bo‘lib qolmoqda.