08/05/2024

Toshkent viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 25 479,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,2 %ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 79,6 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 20 293,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.